Latifa («Lekin»ni tushundim…)
Afandi maktabda boshlang‘ich sinfda o‘qiydigan o‘g‘li bilan suxbatlashib o‘tirgan ekan. Suxbat davomida o‘g‘li «reklama nima» deb so‘rabdi. Afandi javob berishga chog‘lanibdi:

— Mana masalan, yon qo‘shnimizni xozir ikki bosh sigiri bor. Ular sigirlarni xar kuni sog‘ib, sutini qatiq qilib ivitishadi. Shuncha qatiq albatta ularga ko‘plik qiladi. Demak, ular qatiqni sotish kerak. Buning uchun ular qatiqni qo‘ni-qo‘shnilarga sotishga xarakat qilishadi. Ammo bunday vaziyatni xaridor uchun xech kutilmagan «lekini» bo‘lishi mumkin…

Shu payt eshik taqillab, qo‘shnining o‘g‘li bir kosa qatiq ko‘tarib kirib kelibdi. Afandi qatiqni idishini bo‘shatib berib, «raxmat» deya qo‘shni bolani kuzatib yuboribdi-da, qatiqni o‘g‘lini oldiga qo‘yibdi. O‘g‘li qatiqdan bir-ikki qoshiq ichib ko‘ribdi-yu, shu zaxoti uni oldidan nari surib qo‘yibdi. Qatiq og‘izni uzib oladigan darajada bemaza ekan. Chunki, qo‘shnilari sutni yog‘ini umuman qoldirmasdan ajratib olib, so‘ngra qolgan sutni qatiq qilib ivitishar ekan. Shunda o‘g‘li otasiga qarab:

— Dada, boyagi gapingizni «lekin»ini aytishingiz shart emas, o‘zim yaxshigina tushunib oldim! — debdi kulimsirab.
Категория: Latifalar | Добавил: MILLIONER (19.03.2021)
Просмотров: 456 | Теги: LATIFALAR | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 0