«Kallamiz ishlaganda» (Latifa)
Afandi bir kuni o‘g‘liga nasixat qilibdi:

— O‘g‘lim, inson mexnati bilan ulug‘. Bekorchidan xatto xudo xam bezor deyishadi. Mana, yon qo‘shnimizni misol keltiraman. U kunduzi davlat korxonasida ishlab, qo‘shimchasiga ishdan keyin tomorqasida xam ter to‘kib ishlaydi. Ko‘rdingmi, topish-tutishi xam yaxshi, avtomashinasi, dala xovlisi bor…

O‘g‘li «tushundim» deya boshini qimirlatibdi. Lekin yana bir qo‘shnilari xam xuddi shunday yelib-yugurib ishlar ekanu, xech biri ikki bo‘lmas ekan. Bunga asosiy sabab, uning xotini 2 ta bo‘lib, topgani ulardan ortmas ekan. O‘g‘li Afandidan o‘sha qo‘shni xaqida so‘rabdi:

— Dada, nega bu qo‘shnimiz xam ter to‘kib ishlaydi-yu, lekin sira ishi yurishmaydi?

Afandi nima deb javob berishga ikkilanibdi, chunki uning xam xotini 2 ta ekan. Shuning uchun u o‘g‘liga xaqiqatni gapirishdan cho‘chib, boshqacharoq javob qilibdi:

— To‘g‘ri, o‘g‘lim. U qo‘shnimiz xam uzzu-kun ishlaydi. Lekin uning kallasi yaxshi ishlamaydi.

— Dada, menimcha unaqa emas. Axvol boshqacharoq bo‘lsa kerak — debdi o‘g‘li.

— Xo‘sh, unda gap nimada ekan — debdi afandi o‘g‘li beradigan javobdan xavotirda.

Shunda o‘g‘li:

— Kecha kechqurun ularnikiga bir ayol kelib, rosa janjal ko‘tardi. Unga qo‘shnining xotini xam qo‘shildi. So‘ngra, eng oxirida ikkalovi xam «kallamiz ishlaganda, sen noshudga tegarmidik» deyishdi — deb javob qilibdi.
Категория: Latifalar | Добавил: MILLIONER (19.03.2021)
Просмотров: 367 | Теги: LATIFALAR | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 0