Yaxshilik va yomonlik haqida maqollar
Ajalga davo yo‘q,
Yomonga – balo.
***
Aslning xatosi bo‘lmas,
Yomonning oshnasi bo‘lmas.
***
Baxtiyor bo‘lsa zamon,
Noshukur bo‘lmas – yomon.
***
Bekorchidan bezib qoch,
Chaqimchidan – ko‘chib.
***
Bir kishi ariq qazaq,
Ming kishi suv ichar.
***
Bir kun tuz ichgan joyga
Qirq kun salom ber.
***
Bir ko‘ngil imorati –
Ming Makka ziyorati.
***
Birniki – mingga,
Mingniki – tumanga.
***
Birovga choh qazima, o‘zing tusharsan.
***
Dili qoraning qilmishi – qiyiqlik.
***
Dunyo yorug’ bo‘lsin desang,
Uyingga chiroq yoq.
***
Ilonni tushda ko‘rsang – ganj,
O‘ngda ko‘rsang – yanch.
***
Indamasni it qopar.
***
It og‘zidan suyak olib bo‘lmas.
***
It sarqitini yo‘lbars yemas.
***
Ig‘vogarga oq sut ham qora.
***
Ig‘vogarning o‘zi yomon,
O‘zidan so‘zi yomon.
***
Odam bo‘lish – oson,
Odamiy bo‘lish – qiyin.
***
Odam bo‘lmoq asta-asta,
Hayvon bo‘lmoq bir pasda.
***
Odam zahrini odam olar.
***
Odam odamning dardini olar.
***
Odam – odamning ko‘zgusi.
***
Odam tug‘ilib yomon bo‘lmas,
Ulg‘ayib yomon bo‘lar.
***
Olmadan bodom bo‘lmas,
Tegi past odam bo‘lmas.
***
Oltin olma, duo ol,
Duo oltin emasmi.
***
Yomon bilan yurdim, qoldim uyatga,
Yaxshi bilan yurdim, yetdim niyatga.
***
Zamon yomon emas,
Zamonga boqmagan yomon.
***
Zamon senga boqmasa,
Sen zamonga boq.