To‘g’rilik va egrilik haqida maqollar
Aybi borning tizi qaltirar.

***

Afting qiyshiq bo‘lsa, oynadan o‘pkalama.

***

Baliq boshidan sasir.

***

Bemahal yurgan qoqilar.

***

Bir tulkining hiylasi
Necha yerda pand berar.
Bir xotinning hiylasi
Qirq eshakka yuk bo‘lar.

***

Bo‘rining og‘zi yesa ham qon,
Yemasa ham – qon.

***

Dardni berkitsang, isitmasi oshkor qilar.

***

Egilgan boshni qilich kesmas.

***

Egri bo‘lsang, sinar qanoting,
To‘g’ri bo‘lsang, chiqadi oting.

***

Gunohsiz odam podshodan qo‘rqmas.

***

Haqni nohaq etma,
Nohaqni haq etma.

***

Igna o‘g’irlagandan sigir yo‘qotgan gumonsirar.

***

Ochko‘z boyimas, o‘g’ri to‘ymas.

***

Rostga zavol yo‘q.

***

Tavba qilganni el kechirar.

***

To‘g’ri oshini yer,
Egri boshini.

***

To‘g’ri yurdim – yetdim murodga,
Egri yurdim – qoldim uyatga.

***

Yuzning qoraligi uyat emas,
Yuzi qoralik uyat.

***

O‘g’rining o‘zi – bitta, ko‘zi yuzta.
Категория: Foydali maqolar | Добавил: MILLIONER (29.01.2017)
Просмотров: 1493 | Теги: haqida maqollar, To‘g’rilik va egrilik | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 0