Tinchlik va notinchlik haqida maqollar
Bir kun urush bo‘lgan uydan

Qirq kun baraka ko‘tarilar.

***

Bugun sizdan, ertaga bizdan.

***

Janjalli joyda og‘zingni ochma.

***

Jon bor joyda janjal bor.

***

Och qornim – tinch qulog‘im.

***

Tinch elning bog‘i gullar.

***

Tinchlik bilan el ko‘karar,

Yomg‘ir bilan – yer.

***

Urush bo‘lsa, turish yo‘q.

***

Urush – ofat,

Tinchlik – farog‘at.

***

Urush qurbonsiz bo‘lmas.

***

Urushning boshi – o‘yin,

Oxiri – o‘lim.

***

Yurti tinchning eli tinch.

***

Qirqdan qirg‘in yomon.

***

Qirg‘in daraxt shoxida emas,

Odam boshida yurar.

***

Qori erib, tog‘i qolar,

Urush o‘tib, dog‘i qolar.

***

Qo‘shning tinch – sen tinch.

***

G‘aming yo‘q bo‘lsa, quda qil.
Категория: Foydali maqolar | Добавил: MILLIONER (29.01.2017)
Просмотров: 2161 | Теги: haqida maqollar, va notinchlik, Tinchlik | Рейтинг: 5.0/7
Всего комментариев: 0