Tenglik va tengsizlik haqida maqollar
Alixo‘ja – Xo‘jaali

***

Baxtli bilan bahslashma,

Tomlik bilan tenglashma.

***

Besh qo‘l barobar emas.

***

Gul – gulga,

Tikan – tikanga.

***

Ikki tuya suykansa,

O‘rtada chivin o‘lar.

***

Ikki o‘n besh – bir o‘ttiz.

***

Ilon tilini ilon tushunar.

***

Ipni ipga qo‘sh,

Tengini – tengiga.

***

It bolasi – itga yaxshi,

Qush bolasi – qushga yaxshi.

***

Kishi bilan kishi teng emas.

***

Ko‘p qarining ichida,

Bir bola dono bo‘lur.

Ko‘p bolaning ichida,

Bir qari bola bo‘lur.

***

Ko‘r ko‘r bilan qorong‘ida topishar.

***

Ko‘rgan bilan eshitgan bir emas.

***

Oy bilan kunday bo‘l,

Hammaga birday bo‘l.

***

Olma olmadan rang olar.

***

Otang – bozor, onang – bozor.

***

Och bilan to‘qning na ishi bor.

***

Och qadrini to‘q bilmas.

***

Piyoz sotganning murch sotgandan xabari bor.

***

Savolga – javob, salomga – alik.

***

Sizdan ugina,

Bizdan bugina.

***

Sichqonga – o‘lim,

Mushukka – o‘yin.

***

Tangalik joyda tenglik yo‘q.

***

Teng tengi bilan,

Keli sopi bilan.

***

Teng tengi bilan,

Tezak qopi bilan.

***

Tengini topsang, tekin ber.

***

Tengsiz bilan teng bo‘lma.

***

Tuya tuzni sevar,

Yigit – qizni.

***

Yog’ yoqqa tomar,

Moshobaga jiz ham yo‘q.

***

Yo‘ling bilib, yo‘ldosh qil,

Tenging bilib, tengdosh qil.

***

O‘zingdan pastga siringni aytma.

***

O‘xshatmaguncha uchratmas.

***

O‘g’rining xotini o‘ziga loyiq.

***

Qizga er topiladi,

Yigitga yor topiladi.
Категория: Foydali maqolar | Добавил: MILLIONER (29.01.2017)
Просмотров: 1161 | Теги: Tenglik va tengsizlik, haqida maqollar | Рейтинг: 4.4/7
Всего комментариев: 0