Halollik va tekinxo‘rlik haqida maqollar
Ekkanda yo‘q,
Tikkanda yo‘q,
Xirmonda hozir.

***

Eshak Makkaga borib halol bo‘lmas.

***

Eshakning go‘shti harom,
Mehnati – halol.

***

Halol ishla, halol tishla.

***

Halol mehnat yerda qolmas.

***

Halol mehnat – mo‘l daromad.

***

Halol pishib chiqar,
Harom teshib chiqar.

***

Harakating erta bo‘lsa,
Kuzda erta o‘rasan.

***

Haromdan kelgan haromga ketar.

***

Oshing halol bo‘lsa, ko‘chada ich.

***

Poraxo‘rning tavbasidan qo‘rq,
Mug‘ombirning – yig‘isidan.

***

Tekin bo‘lsa, mix yut.

***

Tekinxo‘r qopib yeydi,
Mehnatkash topib yeydi.

***

Tekinxo‘rga teng kelma, qopadi,
O‘z aybini tekin pulga yopadi.

***

Tikanning zahri yomon,
Tekinxo‘rning qahri yomon.

***

O‘roqda yo‘q,
Mashoqda yo‘q,
Xirmonda hozir.
Категория: Foydali maqolar | Добавил: MILLIONER (29.01.2017)
Просмотров: 2718 | Теги: va tekinxo‘rlik, haqida maqollar, Halollik | Рейтинг: 5.0/6
Всего комментариев: 0