Adolat, insof va insofsizlik haqida maqollar
Adovat emas, adolat yengar.
***
Arzon bo‘lsa, oluvchidan insof ketar,
Qimmat bo‘lsa – sotuvchidan.
***
Bir yaxshiga bir yomon har yerda bor.
***
Birovni qarg‘asang, o‘zingga urar.
***
Boyning gapi – o‘ng,
Yo‘qning gapi – to‘ng.
***
Da’vogar sust bo‘lsa,
Qozi muttaham bo‘lar.
***
Har yerda xo‘roz bir xil qichqirar.
***
Haq egilsa ham sinmaydi.
***
Haq o‘tar, haqlik yutar.
***
Haqiqat o‘tda ham kuymas,
Suvda ham cho‘kmas.
***
Haqiqat qilni qirq yorar.
***
Haqiqatning yuzi – yorug’, qo‘li – uzun.
***
Insof – sari baraka.
***
Ish bitdi,
Eshak loydan o‘tdi.
***
Jon kuydirmasang, jonona qayda,
Toqqa chiqmasang, do‘lona qayda.
***
Ketmon olsang, zanglatma,
Egasini qatnatma.
***
Ko‘r bo‘lsang ham, ko‘rnamak bo‘lma.
***
Noinsofga erk bersang, elni talar.
***
Otang – tarozi, onang – tarozi.
***
Poraxo‘r besh qo‘lini og‘ziga tiqar.
***
Poraxo‘r – haromxo‘r.
***
Poraxo‘rning qo‘li to‘rtta,
Ko‘zi – beshta.
***
Sotuvchi sakkizga sotmaydi,
Oluvchi oltiga olmaydi.
***
Yaxshiga kun yo‘q,
Yomonga – balo.
***
Yaxshiga yaxshi bo‘l,
Yomonga – yomon.
***
Yursang sayoq,
Yersan tayoq.
***
Zamonaning ozgani –
Otdan eshakning o‘zgani.
***
O‘tniki – o‘tga,
Suvniki – suvga,
Yonga qoldi qatiqning puli.