Информация: Zarur masalliqlar (6 kishilik): 200 gr. pishloq, 100 gr. qaynatilgan tovuq go‘shti, 50 gr. quritilgan non (suxari), 1 ta qizil bulg‘or qalampiri, 1 osh qoshiq zaytun yog‘i, 1 choy qoshiq limon sharbati, salat bargi, ko‘katlar, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazing. Keyin qog‘oz to‘shalgan patnisga aylana shaklida solib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 4-5 daqiqaga qo‘ying.
2. Pishloqlarni pechdan olgach, stakan yordamida suratdagidek qilib savatchalar yasang.
3. Tovuq go‘shtini to‘rtburchak, qizil bulg‘or qalampiri, salat bargi va ko‘katlarni maydaroq qilib to‘g‘rang. Keyin hammasini aralashtirib, tuz, murch seping.
4. Salatni ehtiyotkorlik bilan pishloqli savatchalarga soling. Keyin zaytun yog‘i va limon sharbati solib, tuz, murch seping. Yuzasini quritilgan non va maydalangan ko‘katlar bilan bezating.
Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa
Главная
» Qiziqarli bo'limlar
» Салаты и закуски
» Salatlar Retsepti
» Pishloqdan savatchalar – ichida salati bor!
Pishloqdan savatchalar – ichida salati bor!
-
Pishirilgan kartoshkadan ajoyib salat
«Saraton» salati: baqlajondan to‘yimli yegulik
Tailandcha salat – uyda bor mahsulotlardan
Qishga hozirlik ko‘ramiz! Baqlajondan 5 ta retsept
Kechki taomga karamli salat tayyorlaymiz!
«Osiyo» salati — baqlajon va no‘xatdan!
Organizmni tozalovchi 7 xil salat!
«Shafaq» salati — Oshxonangizda bor masalliqlardan!
«Qush uyasi» salati — ko‘rinishi va mazasiga gap yo‘q!
Smetanali salat —ishtahangizni ochish uchun!
Оставить комментарий