Ushbu salat 8-10 kishilik.
Kerakli masalliqlar:
1. Qaynatilgan go‘sht – 300 gr.
2. Tuxum – 6 dona
3. Tuzlangan bodring – 2-3 dona
4. Pishloq – 150 gr.
5. Ko‘katlar – 1 bog‘dan
6. Salat bargi – 2 bog‘
7. Mayonez
Tayyorlanishi:
Go‘sht va pishloq somoncha, tuxum va bodring yarim oy shaklida to‘g‘raladi. Ko‘katlar va salat bargi yirik to‘g‘raladi.
Barcha masalliqlar mayonez bilan aralashtiriladi.
Yoqimli ishtaha!