Instagram haqida faktlar
Instagram — videoyozuv va rasmlarni almashinish uchun yaratilgan, tekin dastur hisoblanadi. Instagram rasmlarni tezkor olib, ularga har xil filterlar qo‘llab kvadrat shaklda jo‘natish xususiyatlariga ega.

Bu dasturga oid quyidagi faktlarni keltirish mumkin:

— 2010 yil 6 oktyabrda iOS tizimi uchun ishga tushgan, asoschisi Kevin Systrom va Mayk Kriger;

— 2012 yil Android platformasi uchun yaratilgan va sutka davomida million martadan ko‘p yuklab olingan;

— 2013 yil 21 noyabrda Windows Phone 8 uchun Instagram versiyasi ishlab chiqildi;

— dastlab, jo‘natiladigan videolar hajmiga to‘siq bor edi(15 sekund), 2013 yil iyunda bu to‘siq olib tashlandi;

— Python dasturlash tilida yozilgan;

— iOSdagi iPhone, iPad va iPod Touch, Android va Windows Phone tizimlarida ishlaydi;

— AppStore va Google Play orqali tarqatiladi;

— 2010 yil dekabr oyida 1 million foydalanuvchilari bo‘lgan, 2011 yil iyunga kelib esa 5 millionga yetgan;

— 2012 yil aprel oyida Facebook bu mobil dasturni $1 mlrd ga sotib oldi va shu yili Instagramning 2.5.0 versiyasi chiqdi, unda Instagram Facebook bilan bog‘landi;

— 2013 yil 35 millionta selfi ro‘yxatdan o‘tgan;

— 2014 yil Sukerberg(facebook asoschisi) 200 millioninchi foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tganini e’lon qildi;

— har sekundda rasm va roliklarga 8500 Like qo‘yiladi;

— har sekundda rasm va roliklarga 1000 kommentariya yoziladi;

— 60% foydalanuvchilar AQSHdan tashqarida istiqomat qilishadi(bu degani asosiy foydalanuvchilar AQSHda);

— 90% foydalanuvchilar 35 yoshdan kichik;

— 2014 yil Instagramdagi eng mashxur brendlar: Nike, Starbucks, NBA, adidas Originals, TopShop, Forever 21, Vans, NFL, Michael Kors va GoPro;

— ko‘pchilik rasmlarni filtrsiz yuklashadi:

— 2013 yildagi eng mashxur xeshteg: #love;

— 2013 yil 8 avgustda, Instagram Vkontakte ijtimoiy tarmog‘i bilan bog‘landi;

— 68% foydalanuvchilar ayol kishilar;

— Apple iTunes versiyasi bo‘yicha 2011 yilning eng yaxshi dasturi;

— 2012 yil mayda Dmitriy Medvedov ham bu dastur a’zosiga aylandi;

Maqola uchun topgan faktlarim shulardan iborat, agar siz maqolani to‘latmoqchi bo‘lsangiz, pochtaga o‘z ma’lumotlaringiz bilan xat yuboring, men bu ma’lumotlarni maqolaga qo‘shib qo‘yaman.
Категория: Telefon kodlari haqida | Добавил: MILLIONER (19.06.2016)
Просмотров: 2917 | Рейтинг: 4.1/15
Всего комментариев: 0