Notebook bilan tez-tez sodir bo’ladigan muammolar va ularning yechimi
Notebook foydalanuvchilari kundan-kunga ortib bormoqda, bu ortish oddiy statsionar kompyuter foydalanuvchilariga qaraganda ancha tezlikda amalga oshirilmoqda. Shu sababli, maqolalarni ham ko‘proq notebook’lar haqida yozishga harakat qilib, undan to‘g‘ri foydalanishingiz uchun maslahatlar bermoqdaman.

Notebook’dan to‘g‘ri foydalanish juda muhim, sababi bu qurilma ancha nozik bo‘lib, narhi ham qimmat, uning ichidagi elementlarni topishni gapirmasa ham bo‘ladi. Shunday ekan, berayotgan maslahatlarimga amal qilgan holda bu qurilmadan foydalanishga harakat qiling, iloji bo‘lsa, kommentariyalarda qo‘shimchalar qiling. Maqolada, notebook bilan sodir bo‘ladigan asosiy muammolarni yig‘dim, oldingi maqolalarda bular haqida yozgan bo‘lsam ham, umumiylashtirib muammolarni bir joyga to‘pladim.

Notebook bilan sodir bo‘ladigan muammolar unchalik ko‘p emas, lekin mavjud muammolar ko‘p hollarda uchrab turishi, foydalanuvchilarning asablashishiga sabab bo‘ladi. Quyida, notebook bilan tez-tez sodir bo‘lib turadigan muammolar ro‘yxati va qisqacha yechimini yozib o‘taman.

1. Eng mashhur muammo albatta, notebook klaviaturasiga suyuq moddaning to‘kilishidir, bu muammoni yechimini Notebookka suyuqlik to‘kilsa, nima qilish kerakligi haqida nomli maqolada keltirib o‘tdim, notebook klaviaturasi umumiy hisoblanib, barcha elementlarga bog‘liq bo‘ladi, bu butun boshli qurilmani buzilishiga olib keladi. Statsionar kompyuterlarda bu unchalik vahimaliy holat emas, uzog‘i bilan klaviaturani almashtirishingiz mumkin, lekin butun boshli kompyuter o‘z ishini davom ettiraveradi. Shunday ekan, notebook yonida suyuqliklarni turishidan saqlaning.



clean_note

3. Notebookni olib yurish qoidasiga rioya qilmaslik. Buning natijasida notebook’ka fizik zarar yetadi, ichidagi shleyflar chiqib ketishi, portlar ishsiz holatga kelib qolishi mumkin. notebook’ni qanday olib yurish haqida Notebook’dan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha maslahatlar maqolada keltirib o‘tganman.

4. Notebookni qizishi, ko‘pchilik e’tibor bermaydigan hodisa. Notebook qizidimi, barcha ishlaringizni yig‘ishtirib, shu muammoni hal qiling, havo teshiklariga e’tibor bering, qayerda joylashganiga ahamiyat bering, xullas yechimi Notebook’dan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha maslahatlar maqolada.



5. Notebook quvvat manbai (блок питания) blokini ishdan chiqishi. Bu muammo o‘zimda ham bo‘lgan, elektr toki manbaida ko‘p qolib ketishi, kuchlanishni darhol o‘zgarishi, sifatsiz quvvat manbai blokini ishlatish bunga sabab bo‘lishi mumkin. Undan tashqari quvvat bloki simlarini bir tekis emasligi (sifatsiz) ham bunga sabab bo‘lishi mumkin. Bu blok ham arzon narsa emas, shuning uchun biroz hid chiqdimi darhol quvvat blokini tok manbaidan uzib, fizikaning elektr bo‘limini tushunadigan odamga ko‘rsating.

6. Drayverlarning topish muammoligi. Notebook bilan birga berilgan drayverlar diski yo‘qolib qolsa, elementlarning o‘z drayverlarini topish muammo bo‘ladi. Topish mumkin, lekin haqiqiy o‘ziniki bo‘lmasligi mumkin, tushishga tushaveradi, lekin element o‘z vazifasini to‘liq bajaraolmasligi mumkin. Drayverlarni faqat rasmiy saynlardan ko‘chirishga odatlaning.

7. Windows XP operatsion tizimini o‘rnatishda muammo. Yangi notebook’larga aynan Windows XP tizimini o‘rnatish muammo bo‘lishi mumkin. Chunki, Windows XP yangi SATA kontrollerlarni tushunmaydi, buning yechimi, BIOS orqali Native Mode’ni Compatible Mode’ga o‘zgartirishdir, yoki AHCI’ni IDE qilish lozim.

8. Tachpad (Notebook sichqonchasi) ishlamasligi. Odatda bu muammo drayver qo‘yilmagan, yoki mos tushmaganligidan bo‘ladi. Yana bir sababi bu edement operatsion tizim orqali o‘chirilgan yoki tachpadga fizik jihatdan zarar yetkan bo‘lishi mumkin.



touchpad

Ko‘rib turganingizdek, barcha muammolarning sababchisi notebook foydalanuvchisidir. Shunday ekan, bu jihoz bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘ling. Eng qizig‘i shuki, shuncha muammosi bo‘lsa ham, jihoz, qimmat turadi, undan ham qizig‘i ko‘pchilik shuni olishga intilmoqda.
Категория: Kompuyter telefonlar xaqida | Добавил: MILLIONER (21.06.2016)
Просмотров: 2511 | Теги: Noetbukdan to'g'ri foydalanish usul | Рейтинг: 1.0/27
Всего комментариев: 0