Napaleon (oson va juda mazzaliy uslubda)
Bu receptni russ saytdan olgandim afsus receptni qaysi saytdan olganimni topolmadim((( ammo mazzasi mmm... juda ham mazzaliy... menimcha men yegan napaleonlarning eng shirini shu bo'ldi masha Allah.

Masalliqlar:

Hamiri uchun:

*100ml sovuq suv

*1stakan shakar

*2 osh qoshiq eritilgan saryog'

*2-3ta tuhum (katta kichikligiga qarab)

*2/3 ch.qoshiq soda (uksus kerak emas)

*chimdim tuz

*3ta stakan un +/-(qolga yopishmaydigan hamir bo'lguncha)

Kremiga:

*1 bonka sgushenka

*200 gr hona haroratida saryog'

*piyola qaymoq

Tayyorlash:

Tuhumlarni shakar bilan ko'pirtirib olamiz, saryog', tuz, soda, suv hammasini solib yana kopirtirib 2,5 stakan un solin hamir qoramiz. kamlik qilsa qoshamiz qolgan un korjlarni yoyishga kerak boladi.

Hamirni 10ta bo'lakga bo'lamiz.

Qogozdek ingichka yoyib olamiz

Qizigan tovaga qoyamiz (tova quruq bolishi kerak)

Mana bundan ishib chiqanda orqasini o'girib shu tariqa hamma korjlarni pishirib olamiz.

Pishgan korjlarni bir hil shakilda kesib olamiz. (issiqligida kestim man pishishi bilan kesib qoyvurdim dumaloq qilib bir hil qilib)
va korjlar soviguncha kremni tayyorlab olamiz.
Xona haroratida erigan saryoqni mixerda aralashtiramiz bir hil massa bulganda sgushenkani quyamiz va qaymoqni ham krem holiga kelganda mixerni uchiramiz krem tayyror!

Korjlarni kremlab...

Atrofidan qolgan hamirni qolda uqalab sepib chiqamiz. va tortni 2 soaga xolodilnikda qoldiramiz!!! Yoqimli ishtaxa!!!




Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (04.02.2017)
Просмотров: 1497 | Теги: uslubda), juda, Napaleon, VA, (oson, mazzaliy | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0