Tirnoqlar mustahkamligi uchun 7 qoida


  1. To`g`ri ovqatlaning: karom, sabzi, qizil lavlagi, kartoshka, yong`oq, zaytun mevasi tirnoqlaringizni oziqlantiradi.

  2. Har kuni 8 stakan suv ichishni kanda qilmang. Organizm suvsizlansa, tirnoq usti emiriladi.

  3. Har xafta 1-2 kun tirnoqlaringizni bo`yoqsiz qoldiring. Shunda kosmetik vositalar ta`siri bo`lmaydi.

  4. Qo`lni chayganda, albatta, artib, quriting.

  5. Xaftada bir marta yarim stakan iliq suvga yarimta limon sharbatini siqib, 2 choy qoshiq dengiz tuzini aralashtiring. 10 daqiqa qo`l tirnoqlarini vanna qilib tursangiz, sinuvchanligi yo`qoladi.

  6. Zaytun yoki boshqa o`simlik yog`ini qo`l barmoqlariga surtib, tirnoqning et bilan birlashgan qismini engil uqalang. Qon aylanishi yaxshilansa, tirnoqlar o`sishi me`yorlashadi.

  7. Tirnoq uchini himoyalovchi hamda oziqlantiruvchi maxsus moylardan foydalanib turing. Hafta davomida 1-2 marta tirnoq uchiga surtib qo`ysangiz kifoya. 


Категория: Salomatlik va go'zallik | Добавил: MILLIONER (26.10.2016)
Просмотров: 1776 | Теги: Tirnoqlar mustahkamligi uchun 7 qoi | Рейтинг: 2.3/7
Всего комментариев: 0