Kech kuzda va qish mavsumida organizmimiz turli virusli infeksiyalarga ta`sirchan bo`lib qoladi va immunitet pasayib ketadi. Gripp va shamollashga qarshi kurashdagi eng maqbul yo`l bu emlash sanaladi. Vaksinasiyaning bu turini qachon va qaerdan olish mumkin? Bu boradagi savollarga Sog`liqni saqlash vazirligi sanitariya epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi boshlig`i o`rmnbosari Dilorom Tursunova javob beradi. — Joriy yilda Sog`liqni saqlash vazirligininig 2015 yil 2 oktyabrdagi №386 sonli qaroriga muvofiq, barcha davolash-profilaktika muassasalari xavf ehtimoli bo`lgan guruhlarda vaksinasiya tadbirlarini o`tkazishlari zarur. Bu guruhlarga “Mehribonlik” uylari, maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari, kam ta`minlangan oilalarning farzandlari kiradi. Ularni emlash ishlari davom etmoqda. Shuningdek, bevosita bemorlar bilan muloqotda bo`ladigan tibbiyot xodimlari, shifokorlar, hamshiralar, sanitarkalar ham shu guruhga kiradi. Bu guruhga 50 yoshdan oshgan, o`pka va nafas yo`llari, yurak-qontomir tizimi kasalliklari bilan og`riganlar ham kiradi. Biz bunday insonlarni xususiy markazlarga borib, emlanishlarini tavsiya etamiz. Chunki, bu kasalliklar bilan og`riganlarda gripp ancha og`ir ko`rinishda o`tadi. Qaerga boriladi? — Xavf ehtimoli bo`lgan guruhga aloqasi bo`lmaganlar-chi? Ular qaerda emlanadilar? Dorixonalardan maxsus preparatlar sotib olsa ham bo`ladimi? — Dorixonalarda vaksinalar sotilmaydi. Ular maxsus sharoitlarda saqlanishi va qo`llanishi kerak. Gripga qarshi emlash xususiy vakusinasiya markazlarida amalga oshiriladi. Birgina Toshkentda ulardan to`qqiztasi faoliyat ko`rsatadi. Har birida “qaynoq liniyalar” ishlab turadi. Ulardan zarur axborotni olsa bo`ladi. Ularning barchasi xavfsiz emlash ishlarini amalga oshirish uchun Sog`liqni saqlash vazirligining lisenziyasiga ega. Ular har yili bizga qancha odam emlangani haqida ma`lumt etkazishadi. Bu yil ularning soni mamlakatimiz bo`ylab 400 ming nafarga etgan Kimga mumkin emas? — Bugungi kunda qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgan vaksinalardan foydalaniladi? — Bugun bozorlarimizda Xitoy, Fransiya va Gollandiyadan keltirilgan vaksinalarni topish mumkin. Ularning barchasi Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti andozlari va talablariga javob bera oladi. Ularning barchasi bizda sinovdan o`tgan va nojo`yalar ta`sirlar aniqlanmagan. — Immunizasiya o`tkazishda qarshi ko`rsatmalar ham mavjudmi? — Homiladorlik muddatining birinchi yarmidagi ayollarni emlash mumkin emas. Vaksinalar asosan tuxum oqsili negizida tayyorlangan uchun bunday mahsulotga allergiyasi bo`lgan bemorlarda ham qo`llash tavsiya etilmaydi. — Bu yo`nalishda yurtimizda nima ishlar olib borilyapti? Yurtimizda gripp virusi bilan kasallanish holati kamayganmi? — Sog`liqni saqlash vazirligi huzurida Gripp markazi ishlab turibdi, markaz muntazam ravishda tadqiqotlar va prognozlashg ishlari bilan shug`ullanadi. Grippni yuqtirib olsangiz... — Bizning hududlarda grippning qaysi turlari uchraydi? -— Barcha tularini uchratish mumkin, oldindan biror nima deyish qiyin. Ko`proq grippning “A” virusi ko`proq uchraydi va unga mos vaksinalar mavjud. — Gripp bilan og`rigan bemorni emlasa bo`ladimi? — Agar hali bemorda kasallikning dastlabki klinik alomatlari sezilmagan bo`lsa, uning nisbatan engilroq kechishi uchun bustar vaksinasiya (immun qarshilikni oshirish uchun dastlabki immunizasiya kursidan keyin qilinadigan qo`shimcha doza) tavsiya etiladi. — Grrip bilan og`riganlarga qanday tavsiyalar berish mumkin? — Haligacha grippning o`ziga qarshi etarli darajada kuchli vosita ishlab chiqarilmagan. Biroq, virusga qarshi kuch to`plashda organizmni himoyalash, dam oldirish maqsadida to`shak rejimi (yotib davolanish) yaxshi natija beradi. Kasallik paytida bemorni yaxshilab o`ragan holda xonani tez-tez shamollatib turish kerak. Xonani 2 foizli xloramin yoki yarim foizli xlorli ohak eritmasiga lattani ivitgan holda artib chiqish kerak. Bemorga alohida idish-tovoq, sochiq ilojdi bo`lsa qaynatilgan holda) ajratish lozim bo`ladi. Shuningdek bemor tanasidagi zaharli moddalarni tezroq chiqarib yuborish uchun ko`proq suyuqlik, asosan S vitamiga boy sharbatlar ichishi foyda beradi. Agar bemorning yuragi zaif bo`lsa, shifokor unga zarur profilaktik va davolash vositalarini tavsiya etadi. Vrezka O`zbekiston Respublikasi Prfilaktik emlash Milliy taqvimiga ko`ra, 18 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun asosiy infeksiyalarga qarshi bepul choralar belgilangan. V ramku Gripp qanchaga tushadi? Ushbu maqolani tayyorlash jarayonida bir qator markazlarga sim qoqib, Xitoy vaksiyalarini 60 000 so`m, Gollandiya vaksinalarini 65 000 so`mga olish mumkin ekanini aniqladik. + Vaksinasiya markazlari ro`yxati
O`ZBEKISTONDA BOLALARNI PNEVMOKOKKA QARShI EMLAShADI Joriy yilning 2 noyabridan O`zbekiston Respublikasi Milliy emlash taqvimiga pnevmokokk infeksiyasiga qarshi “Prevenar-13” vaksinasi kiritildi. Bu vaksina 1,2,3 yoshlik bolalarda qo`llaniladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi mutaxassislari ushbu yangilikka bag`ishlab o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilishdi. Pnevmokokk kasalliklari o`ta xavfli hisoblanib, ularni davolash uchun qimmatbaho antibiotiklar kerak bo`ladi. Keyingi paytlarda ayrim virus shtammlari hatto bunday vositalarga ham chidamli ekani ma`lum bo`lgan. Ushbu vaksina bugungi kunda Germaniya, Avstriya, Turkiya, Italiya, Belbgiya, Rossiya singari 45 ta davlatda joriy etilgan. Mazkur vaksinadan foydalanish 5 yoshgacha bo`lgan bolalarda kasallikka chalinish ehtimolini 50 foizdan yuqori darajada kafolatlaydi. Mash`um raqamlar:
— Mamlakatimizda yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolash masalalariga katta e`tibor qaratilmoqda, – deydi Sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosari, mamlakatimizning bosh sanitariya vrachi Saidmurod SAIDALIEV. – Bir necha yil davomida yuqumli kasalliklarning karantin tarqalishi, 14 yoshgacha bo`lgan bolalarda bezgak, difteriya, poliomielit singari kasalliklar qayd etilmadi. Davlat miqyosida joriy etilayotgan yangi pnevmokokk vaksinasi bu kasallik xavfini kamaytirishda, kelshgusida butun yo`qolib ketishida katta o`rin tutadi. Uch martalik vaksinasiya 10 yoshli bola organizmini himoyalashga yordam beradi. Endi Milliy emlash taqvimiga kiritilgan vaksinalar soni 12 taga etdi. Emlash tadbirlari uchun mablag`lar davlat byudjetidan sarflanadi. 2015 yilda vaksinalar xaridi uchun 13 mlrd 600 mln so`m mablag` sarflangan. Bu raqam yil sayin ortib bormoqda. “Birinchi navbatda yangi vaksina joriy etilgani bilan butun mamlakatingizni tabriklayman. Chunki, pnevmoniya 5 yoshgacha bolalar o`limiga asosiy sabab bo`ladigan kasalliklardan biri sanaladi”, — deydi biz bilan suhbatda YuNISEFning sog`liqni saqlash bo`limi boshlig`i Svetlana Stefanes. – Bu olamshumul muammo bo`lib turganiga qaramay, barcha davlatlar ham bu vaksinani o`z milliy taqvimiga kiritolgani yo`q. O`zbekiston barqaror emlash dasturiga ega bo`lgan kam sonli davlatlardan sanaladi. Masalan, o`tgan yili mamlakatingizda YuNISEF va JSST strategiyasiga asoslangan holda ishlab chiqilgan va 2015 yilgacha amal qiladigan rotavirusga qarshi yangi vakssina joriy qilangan edi. Suriya Magdeeva tayyorladi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Просмотров: 2539 | | |
Всего комментариев: 0 | |