Главная » Qiziqarli bo'limlar » Foydali bo'lim » Pazandalik sirlari » Ishtaha ochuvchi mazali gulyash

Ishtaha ochuvchi mazali gulyash

Название:
Ishtaha ochuvchi mazali gulyash
Рейтинг:
Год и страна:
Жанр:
Голосов:
+0
Просмотров:
1467
Время:
Информация: Kerakli masalliqlar: 500 g go'sht, 2 dona piyoz, 1 osh qoshiq un, 3 osh qoshiq tomat, ta'bga ko'ra tuz, lavr bargi, ziravor va ko'katlar.

Tayyorlanishi:

1. Go'shtni kubik shaklida, piyozni esa mayda to'g'rang.
2. Keyin go'shtni tovadagi qizib turgan yog'da, baland olovda 5 daqiqa qovuring.
3. Ustidan piyozni qo'shib, olovni o'rtacha qiling va 5 daqiqa aralashtiring. Qovurish davomida tuz, kashnich va ziravorlarni ta'bga ko'ra qo'shing.
4. Ziravorlar aralashib, piyoz va go'sht bilan bitta massani hosil qilgach, 1 qoshiq un solib, aralashtiring-da, 2 daqiqa past olovda qovurgach, tomatni qo'shing.
5. Eng so'ngida ustidan 3 stakan suv yoki bulon quying-da, lavr bargi qo'shib, olovni pastlatib, qopqoqni yoping.
6. 1,5 soat o'tgach, olovni o'chiring va taomni suzib, ko'katlar bilan dasturxonga torting.




  • avatar