Главная » Qiziqarli bo'limlar » Foydali bo'lim » Pazandalik sirlari » Eringizning ko'ngliga yo'l topolmayapsizmi? Yo'li juda oson!

Eringizning ko'ngliga yo'l topolmayapsizmi? Yo'li juda oson!

Название:
Eringizning ko'ngliga yo'l topolmayapsizmi? Yo'li juda oson!
Рейтинг:
Год и страна:
Жанр:
Голосов:
+1
Просмотров:
1720
Время:
Информация: Masalliqlar: qiymasiga 500 g go'sht, 2-3 bosh piyoz, 1 dona tuxum, ta'bga ko'ra tuz va murch. Sho'rvasiga 300 g go'sht, 2-3 bosh piyoz, 1 bosh sarimsoq, 2 dona kartoshka, 2-3 dona pomidor, ta'bga qarab tuz.

Tayyorlanishi: go'shtni qaynatib qo'yasiz, lahmini qiymalaysiz. Sho'rvasiga piyoz, sabzi, pomidor, kartoshka va sarimsoq to'g'rab solasiz. Qiymaga mayin to'g'ralgan piyoz qo'shib, tuz va murch sepib, xom tuxum chaqib solasiz va yaxshilab aralashtirasiz. Ana shu qiymadan kaftlar orasida yong'oq kattaligidagi koptokchalar yasaysiz. Qozondagi qaynab turgan sho'rvaga koptokchalarni solasiz va 20-25 daqiqa miltiratib qo'yasiz. Tayyor taomni 6-8 donadan qiymalari bilan kosalarga suzib, yuziga mayda to'g'ralgan ko'katlardan solib dasturxonga tortasiz.



oladi

Masalliqlar: 1 stakan qatiq, 1 choy qoshiq iste'mol sodasi, 1 dona tuxum, 1 stakan un, 1-2 choy qoshiq shakar, chimdim tuz, yog' (pishirish uchun).

Tayyorlanishi:

Idishga qatiq, soda, shakar, tuz solib aralashtiriladi. Aralashmaga tuxum chaqilib, oz-ozdan un qo'shiladi va bir xil massa bo'lguncha aralashtirishda davom etiladi.
Tovoqqa ozgina yog' solinib, tayyor massa 1 osh qoshiqdan quyiladi va o'rta olovda ikki tarafi pishirib olinadi.

Masalliqlar: 1 dona o'rtacha kattalikdagi oshqovoq, 500 g go'sht, 1 stakan guruch, 100 g sariyog', 3-4 bosh piyoz, ta'bga ko'ra tuz va murch.

Tayyorlanishi: uzunchoqroq oshqovoqni po'stidan tozalab, bandi tomonidan 2-3 sm qalinlikda qopqoq ochasiz. Urug'ini va tivitlarini qirg'ich yordamida olib tashlaysiz. Ichini qiyma bilan to'ldirasiz.

Qiyma tayyorlanishi: go'shtni qiymalagichdan o'tkazib, unga mayda to'g'ralgan piyoz, yuvilgan guruch, tuz va murch solib aralashtirasiz. Guruch yaxshi pishishi uchun qiymaga ozgina suv quyasiz. Agar go'sht yog'sizroq bo'lsa, qiymaga ozgina sariyog' qo'shishingiz ham mumkin. Ushbu qiymani oshqovoq ichiga to'ldirgach, qopqog'ini yopasiz. Oshqovoq do'lmani tarelkaga solib, qizdirilgan gaz pechi patnisiga qo'yasiz va o'rtacha olov berib, 1,5-2 soat davomida pishirasiz. Bug' hosil bo'lishi uchun vaqti-vaqti bilan duxovka patnisiga suv quyib turing. Pishganligi oshqovoqning yumshaganligi bilan aniqlanadi. Tayyor taom katta laganga solinib, ko'kat, bodring va pomidorlar bilan bezatiladi va dasturxonga tortiladi.

Masalliqlar: 250 g margarin, 0,5 stakan muzdek suv, 1 osh qoshiq shakar, 1 choy qoshiq tuz, 2,5 stakan un, 4 dona shirin kartoshka.

Tayyorlanishi:

Shirin kartoshkalar suvda 30-35 daqiqa qaynatib, pishirib olinadi. Pishganidan so'ng po'stlari archilib, pyure tayyorlanadi (tuz va ziravorlar solish shart emas).
250 g margarin qirg'ichdan chiqarilib, 1 stakan un bilan uqalanadi, muzdek suv, shakar, tuz qo'shilib, unning qolgan qismi (1,5 stakan) oz-ozdan solinib, qo'lga yopishmaydigan xamir qoriladi.
Xamir 30 daqiqa tindiriladi. So'ng 2 bo'lakka bo'linadi va birinchi bo'lak pirog idishga o'sha kattalikcha yoyilib, joylanadi. Xamir chetlari jimjima qilinadi va kartoshka pyurening yarmi xamir ustiga solinadi.
Xamir bo'lakchalari tasma qilib kesilib, kartoshka pyure ustidan bezatiladi va tuxum surtiladi. Xamirning 2-bo'lagi ham xuddi shu tariqa pishirib olinadi. 35-40 daqiqa yoki xamir qizg'ish rang olguncha o'rta olovda pishiriladi.




  • avatar