Bir chimdim maslahat
Xonadonining suyukli ayollari, tinib-tinchimas bekalar! E’tiboringizga havola etayotgan siz bilgan va bilmagan yoinki nazaringizdan chetda qolgan quyidagi jihatlar sizga ro’zg’orda qo’l keladi, degan umiddamiz. Marhamat!!! ☺

Yog‘larni saqlash va ulardan foydalanish xususida:

Tozalanmagan ba’zi yog’larda cho’kindi bo’lganligi sababli ham ko’tarib olib ishlatish zarur;
Yog’ni qayta ishlatadigan bo’lsangiz, suzib oling. Chunki unda ilgari qovurilgan mahsulotlarning qoldiqlari bo’lishi mumkin;
Yog’larni mis idishda saqlamang, sifati buziladi;
Yog’larni, ayniqsa,sariyog’ va maskayog’ni qorong’i yerda saqlash kerak. Agar yog’ga quyosh nuri ta’sir etsa, unda inson organizmi uchun zararli bo’lgan yog’ kislotasi hosil bo’ladi.

Xamir xususida:

Xamir qilinadigan un garchi toza bo’lsa ham elab ishlating. Elanganda unning orasiga havo kirib, xamir yaxshi ko’pchiydi;
Qaynoq suvga xamir qorib bo’lmaydi. Chunki qaynoq suv xamirni tirishtirib yoyishni qiyinlashtiradi, shuningdek, g’ozini yo’qotadi. Natijada, xamir yaxshi ko’pchimaydi ham;
Xamirni o’z hajmidan 2 barovar katta tog’orada qoring;
Xamir qorayotganda suvni birdan qo’shmang, oz-ozdan qo’shsangiz xamir tez qoriladi va yaxshi chiqadi;
Xamir maxsulotlarining orqasi tandirda yopishib, tushib qolmasligi uchun yopishdan oldin qizigan tandirning devorlariga namakob seping.

Pichoqlarni saqlash xususida:

Pichoqlarni vilka qoshiqlar bilan birga saqlamang, aks holda tez o’tmaslashib qoladi;
Piyoz va baliq kesilgan pichoqning hidini ketkazish uchun issiq suvda yuvib, quruq tuz bilan yaxshilab ishqalang.

Idishlarni toza saqlash xususida:

Toza yuvilmagan idish nafaqat taomning sifatini buzadi, balki sog’liqqa ham zarar yetkazishi mumkin;
Ovqat suzishdan oldin idishlarni qaynoq suvda bir bor yuvib oling. Chunki odatda, idishlarni maxsus kukunlaridan foydalangan holda yuvamiz. Idish-tovoqlardan tozalash kukunlarining hidi kelib qolishi yoki toza yuvilgan idishlarga ham chang qo’ngan bo’lishi mumkin;
Idish yuvganda suvga bir oz tuz yoki non soda solinsa, idishning kiri tez ketadi.

Ovqat nega kuyadi?

Olovning balanligidan;
Qozonda yaxshi tozalanmagan bo’lsa, ya’ni eski ovqatning qoldiqlari qolgan bo’lsa;
Ba’zan idishning yupqaligidan;
Kuyish masaliqning hususiyatiga ham bog’liq.

Va boshqa maslahatlar:

Go’shtli va yog’li taomlardan so’ng sovuq suv ichmang. Shifokorlarning fikriga ko’ra, bu gastrit va ichak yarasi kabi kasalliklarni chaqiradi;
Jigar va jigardan pishiriladigan taomlarga tuzni juda kam miqdorda solgan ma’qul. Aks holda jigar qattiq bo’lib qolishi mumkin;
Oshdan tosh chiqishiga ba’zan tuz sababchi bo’lishi, tuz bilan birga mayda toshlar tushishi mumkin. Shuning uchun taom pishirayotganda tuzini eritib, ya’ni namakob qilib ovqatga quygan ma’qul.
Категория: Pazandalik sirlari | Добавил: MILLIONER (13.02.2017)
Просмотров: 1938 | Теги: Bir, chimdim, maslahat | Рейтинг: 3.8/13
Всего комментариев: 0