Sigir (Ho'kiz) yili
Bular sabr-toqatli kamgap, ishonchga loyiq, vazmin, imillagan, yaxshi fe'l-atvorli kishilardir. Aksar hollarda sodda qiyofada bo'lishsa-da, aql-zakovat sohibi hamda chuqur mulohaza yurita olish qobiliyatiga ega shaxslardir. Odatda kamgap, biroq ilhom kelganda gapdon bo'lib ketishadi. Ular jismoniy jihatdan baquvvat, hayotning achchiq-chuchugini totishga bardoshli. Turmushlarida oila katta ahamiyat kasb etadi. Bolalarini yaxshi ko'rib, ular bilan faxrlanishadi. Biroq buyruq berishga o'rganganliklari sababli ularga ham tez-tez qo'pollik qilib turishadi. Ho'kiz yilida tug'ilganlar o'z oilasiga baxt-saodat keltiruvchi, haqiqiy mehnatkash kishilardir. Ushbu muchal ayollari xonanishin bo'lib, o'z oilalari uchun juda jon kuydirishadi. Oila ravnaqi uchun uni qattiqqo'llik bilan boshqarib borishadi. Erlarini ko'pincha o'z izmlarida tushirishadi. Ushbu yilda tug'ilgan aksariyat er-xotinlar xushmuomila, sadoqatli, hissiyotli bo'lishi mumkin. Lekin xayolparast bo'lishi mumkin. Keksayganlarida mushkul ahvolga tushib qolishlari mumkin, ammo buni bartaraf eta olishsa qarilik gashtini xotirjam suraveradilar.

Yillar bo'yicha: 1925, 1937, 1949, 1961, 1973, 1985, 1997, 2009, 2021, ....
Категория: Muchallar haqida | Добавил: MILLIONER (11.06.2014)
Просмотров: 8249 | Рейтинг: 1.8/15
Всего комментариев: 0