Ayriliq ko'chasidan asta o'tasiz
Ayriliq ko'chasidan asta o'tasiz, Armonni bildirmay ichga yutasiz, Hamisha sevgilim juda mag'rursiz, Baribir siz meni sog'inasiz. O'tmishga nogahon hayol ketganda, So'g'inchni o'zizga hamroh etganda, Ko'zingiz yoshlanib yurak kutganda, Baribir siz meni sog'inasiz. Baxtingizni yolg'onlarga berib qo'yib, Bevafolar sevgisidan yana to'yib, Deysiz o'zgani ketmang suyib, Baribir siz meni sog'inasiz. Sahrolarga o'xshab qolib daryoyingiz, Ko'zingizga tor ko'rinib dunyoyingiz, Qumsab qolib yana mendek yomoningiz, Baribir siz meni so'g'inasiz. Unutmoqlik mushkul bo'lar qiynalasiz, Mensizlikka ko'nolmaysiz og'rinasiz, Unutganman deysizu lek yurak kuyib, Baribir siz meni sog'inasiz.
Категория: Tasirli Hayoti shelar | Добавил: MILLIONER (06.12.2017)
Просмотров: 1005 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0