Sen meni sog'inmay yasha mayliga
Sen meni sog'inmay yasha mayliga, Hijron girdobiga tashla mayliga, O'zganing qo'lida yashna mayliga, Men uchun sog' bo'lsang, bor bo'lsang bo'ldi. Ko'z ochib bir meni ko'rishing shartmas, Men deya hayollar surishing shartmas, Yor bo'lib yonimda yurishing shartmas, Men uchun sog' bo'lsang, bor bo'lsang bo'ldi. Kelsang gul ochilar saxro cho'limda, Nur bo'lib uchrading taqdir yo'limda, Qaniydi hammasi bo'lsa qo'limda. Men uchun sog' bo'lsang, bor bo'lsang bo'ldi.
Категория: Tasirli Hayoti shelar | Добавил: MILLIONER (06.12.2017)
Просмотров: 1178 | Рейтинг: 1.0/8
Всего комментариев: 0