G'alati taksichi Hikoya
«Yoshim 18da, sovuq qish oqshomlaridan birida uyga shoshilib, to'xtab turgan taksilardan biriga o'tirdim. Haydovchining oldidagi o'rindiqqa o'tirganimda, orqada yana ikki nafar yigit o'tirganiga ko'zim tushdi. Ular qaerga ketayotganimni so'rashdi, manzilimni eshitib, “biz ham shu yoqqa ketyapmiz, yo'limiz bir ekan”, deb javob berishdi. Yonimda pulim kamligi uchun ularning men boradigan joyga ketayotganliklaridan xursand bo'ldim. Yo'lkirani bo'lib to'laymiz, deb o'yladim. Taksi meni kerakli joyga olib kelganda, ular taksidan tushishdi. Men ham endi o'rnimdan qo'zg'algan edim, taksichi qo'limdan mahkam ushlab, yana joyimga o'tqazdi va gazni bosib, mashinani oldinga haydadi. Qo'rqqanimdan qichqirib yubordim. Ammo taksichi biroz yo'l yurgach, yana orqaga qaytdi. Tushmoqchi bo'lgan joyimga kelganda notanish yigitlar ketib bo'lgandi. Men shundan keyingina taksichi meni noma'lum yigitlarning hujumidan asrab qolganligini tushundim. Uning aytishicha, yigitlarning o'zini tutishi uni shubhalantirgan ekan».
Категория: Hayotiy hikoyalar | Добавил: MILLIONER (21.12.2017)
Просмотров: 1134 | Теги: G'alati taksichi | Рейтинг: 1.8/5
Всего комментариев: 0