Kechki taomga karamli salat tayyorlaymiz!

Sizga quyida tavsiya qilinayotgan salat kechki taomga ajoyib sherik bo‘la oladi. Uni tayyorlash juda oson.

Zarur masalliqlar: 150 gr. qaynatilgan tovuq go‘shti, 1 katta bo‘lak karam (250 gr.), 1 bosh piyoz, mayonez, ko‘katlar, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Karam va qaynatilgan tovuq go‘shtini somoncha shaklida to‘g‘rang. Piyozni esa halqa shaklida to‘g‘raysiz.

 

2. Masalliqlarga maydalangan ko‘kat va mayonezni qo‘shing. Tuz, murch sepib, yaxshilab aralashtirsangiz, salat tayyor.

Mazkur salat 2 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, u 15 daqiqada tayyor bo‘ladi.

Категория: Salatlar Retsepti | Добавил: MILLIONER (06.09.2018)
Просмотров: 1731 | Теги: salat | Рейтинг: 5.0/5
Всего комментариев: 0