«Osiyo» salati — baqlajon va no‘xatdan!

Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no‘xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg‘or qalampiri, 3 bo‘lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o‘simlik yog‘i, limon sharbati, kinza, ko‘kpiyoz, tuz, qora murch.

Tayyorlanishi: 1. Baqlajonni avval aylana shaklda to‘g‘rab, keyin to‘rt bo‘lakka bo‘ling. Bulg‘or qalampirini ham baqlajon bo‘laklari kattaligida, pomidorni esa yarim oy shaklida to‘g‘rang.

2. Baqlajon va bulg‘or qalampirini qizdirilgan o‘simlik yog‘ida tuz sepib, alohida-alohida qovurib oling. Yog‘idan xalos bo‘lish uchun sabzavotlarni qog‘oz sochiqcha ustiga qo‘ying.

3. Qovurilgan sabzavotlarga qaynatilgan no‘xat va pomidorni qo‘shing. Maydalangan ko‘katlar, ezilgan sarimsoqpiyoz, limon sharbatini ham solib, murch, tuz seping. Soya sousini qo‘shib aralashtirsangiz, salat tayyor.

3 kishilik

30 daqiqa

Категория: Salatlar Retsepti | Добавил: MILLIONER (06.09.2018)
Просмотров: 1393 | Теги: salat | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0