Smetanali salat —ishtahangizni ochish uchun!

Zarur masalliqlar: 3-4 dona yangi kartoshka, 1 dona bodring, 6 ta yong‘oq mag‘zi, 5 ta rediska, 2 osh qoshiq smetana, 1 choy qoshiq xantal, ko‘kpiyoz, tuz, qora murch.



Tayyorlanishi: 1. Bodring va rediskani aylana shaklda yupqalab to‘g‘rang. Ko‘kpiyozni maydalang.



2. Qaynatilgan yangi kartoshkani po‘stidan tozalab, to‘rtburchak shaklda o‘rtacha kattalikda to‘g‘rang. Yong‘oq mag‘zini ham maydalang.



3. Smetanaga xantal, tuz va murch qo‘shing.



4. Barcha masalliqlarni aralashtirib, smetanali sousni solamiz. Salatni yaxshilab aralashtirsangiz, bas.



20 daqiqa



2 kishilik

Категория: Salatlar Retsepti | Добавил: MILLIONER (06.09.2018)
Просмотров: 1483 | Теги: salat | Рейтинг: 5.0/8
Всего комментариев: 0