«Qush uyasi» salati – sinalgan retsept!

Zarur masalliqlar: 300 grammdan qaynatilgan tovuq go‘shti va qovurilgan kartoshka, 150 grammdan tuzlangan bodring va pishloq, 12 dona qaynatilgan bedana tuxumi, 3 dona qaynatilgan tuxum, mayonez, shivit, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan tovuq go‘shti, tuxum, tuzlangan bodring va pishloqni somoncha shaklida to‘g‘rang.

2. To‘g‘ralgan masalliqlarga tuz va maoynez solib, aralashtiring. Salatni 4 ta salat likopchasiga soling.

3. Salat yuzasiga qirg‘ichdan chiqarilib, qovurilgan kartoshkani qush uyasidek qilib joylashtiring-da, shivit bilan bezatib, 3 donadan qaynatilagn bedana tuxumini qo‘ying.

4 kishilik

30 daqiqa.

Категория: Salatlar Retsepti | Добавил: MILLIONER (06.09.2018)
Просмотров: 1201 | Теги: salat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0