«Parij » salati – to‘yimli, mazali, vitaminlarga boy!

Zarur masalliqlar (6 kishilik): 250 gr. yumshoq pishloq, 200 gr. tozalangan yong‘oq, 2 dona tuxum, 4 osh qoshiq zaytun yog‘i, 1 bog‘ salat bargi, 1 dona qizil piyoz, yarimta apelsin sharbati, tuz va qora murch.

Tayyorlanishi: 1. Salat bargini yuvib, yirik bo‘laklarga ajrating. Yong‘oqni qizigan tovada biroz qovurib, sovuting. Piyozni xalqa qilib to‘g‘rab, issiq suvda chaying.

2. Salat bargi, qizil piyoz va yong‘oqni likopchaga solib, ustidan yirik somoncha shaklida to‘g‘ralgan qaynatilgan tuxum va pishloqni qo‘ying.

3. Apelьsin sharbatiga zaytun yog‘i, tuz, murch va ozgina sirkani aralashtirib, salat ustidan quying. Mazasi yanada yaxshi bo‘lishi uchun 15 daqiqaga muzlatgichga qo‘yiladi.

Tayyorlanish vaqti: 15 daqiqa.

Категория: Salatlar Retsepti | Добавил: MILLIONER (06.09.2018)
Просмотров: 951 | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0