Yengilgina salat

Karam+pishloq+makkajo‘xori

Zarur masalliqlar: yarim bosh karam (400 gr.), 150 gr. yumshoq pishloq, yarim banka konservalangan makkajo‘xori, 1 bo‘lak sarimsoqpiyoz, mayonez, tuz, qora murch, ko‘katlar.

Tayyorlanishi: 1. Karamni maydalab to‘g‘rang. Yumshoq pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazing. Karamga konservalangan makkajo‘xori bilan qo‘shing.

2. Maydalangan ko‘katlarni salatga solib, aralashtiring. Endi tuz, murch, ezilgan sarimsoqpiyoz va mayonez qo‘shib, yana bir bor yaxshilab aralashtiring.

Tayyorlanish vaqti 15 daqiqa

4 kishilik

 

Категория: Salatlar Retsepti | Добавил: MILLIONER (06.09.2018)
Просмотров: 854 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0