Qizil loviyadan salat judaxam mazali
Hatto, tushlikning o`rnini bosadi! Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan tovuq go`shti, yarim stakan qaynatilgan qizil loviya, 4 ta tuzlangan bodring, 3 dona qaynatilgan tuxum, 2 ta qizil bulg`or qalampiri, 1 bosh qizil piyoz, bitta sabzi, ko`kpiyoz, petrushka, tuz. Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan tovuq go`shtini to`rtburchak shaklda maydalab to`g`rang. 2. Qizil bulg`or qalampiri, piyoz, tuzlangan bodring va qaynatilgan tuxumni ham to`rtburchak shaklda maydalab to`g`raysiz. 3. Sabzini qirg`ichdan o`tkazib, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovurib oling. 4. Barcha to`g`ralgan masalliqlarni aralashtirib, qaynatilgan yoki konservalangan qizil loviya va sabzini qo`shing. 5. Ko`katlarni maydalab, salatga soling-da, tuz va mayonez qo`shing. Aralashtirsangiz, salat tayyor. 25 daqiqa 6 kishilik | |
| |
Просмотров: 1768 | |
Всего комментариев: 0 | |