Ramazon salati
Bu salatni bunday nomlanishini sababi to'yimli, chiroyli va eng kerakligi juda ham mazzaliy salat, hich kimni bu salat be farq qoldirmaydi. iftorlik dasturxonida oilangizni sevimli mehmoni bo'ladi degan umiddaman insha Allah!!!

Kerakli mahsulotlar:

150gr dudlangan go'sht ( yoki dudlangan kolbasa, dudlangan tovuq)
2ta kartoshka (o'rta bo'yli)
2ta qizil sabzi ( kichkina yoki 1ta katta)
2ta bodring
3ta pamidor
yarim bog' ukrop
moyonez
tuz

Go'shtni samoncha shaklida to'g'raymiz, sabzi va kartoshkani pishirib olib qirg'ichni katta tishidan o'tqazib olamiz, bodringni ham qirg'ichdan o'tqazamiz, pamidorni ham salomka shaklida to'g'raymiz. hammasini qavat qavat qilib orasiga moyonez va tuz sepib tahlab chiqamiz...
1 qavat go'sht
2 qavat bodring
3 qavat kartoshka
4 qavat sabzi
5 qavat pamidor, ukrop

va yoqimli ishtaxa!!!

Bu aralashganda...
Qoshimcha: hohlovchilar suharik, va pishloq qo'shishingiz mumkun. kartoshka va sabzini men oson yo'l bilan pishirib olaman, bu usulni sizga ham aytib ketmoqchiman: sabzini va kartoshkani artib 2-3 ga bo'lib mikroto'lqin uchun mo'ljalangan idishga solib ustini yopib, 10 minutga mikrotolqinga qo'yasiz va tayyor!!!
Категория: Salat va tuzlamalar | Добавил: MILLIONER (06.02.2017)
Просмотров: 1888 | Теги: ramazon, salati | Рейтинг: 2.5/11
Всего комментариев: 0