Karamliy tuzlama
Kerakli masalliqlar:

(5kg-lik idish uchun)

3 kg karam
2 dona sabzi
1.5 stakan uzum sirkasi
3 to'la qoshiq tuzlamalik maxsus tuz (qoya tuzi)
1 hovuch no'xat
1 qoshiq shakar
5-6 dona yirik sarimsoq bo'laklari.

Tayyorlanishi:

Karamni xohlagan kattalikda tograymiz. Idısihimizni eng pastiga 1 siqim no'xatni yuvib solamiz. Ketidan togralgan karamni idishimizga yaxshilab bostirib solamiz, sarimsoqlarni bo'laklarga bolib yoki butun holda solamiz. Sabzilarni bolib, karamlarni oralariga solamiz. Idishimizga sirkamizni quyamiz va karamni ustiga chiqadigan qadar oldindan qaynatilib, sovutilgan suvni quyamiz, keyin suvni suzib olamiz, idishimizga qancha suv ketishi aniq boldi. Bu suvga shakar va tuzni solib, aralashtiramiz. Tayyor bolgan suvni karamlarni ustidan quyamiz, havo olmasin. Ogiz qismiga toza tselofan yopib, qopqogini mahkam berkiting.
Quyosh kormadigan joyda 2-3 hafta kuting. Tuzlamani ochgandan keyin salqin joyda saqlang.
Yoqimli ishtaha.
Категория: Salat va tuzlamalar | Добавил: MILLIONER (06.02.2017)
Просмотров: 1396 | Теги: tuzlama, Karamliy | Рейтинг: 2.6/5
Всего комментариев: 0