Go`shtli o`rama - bir xillikdan chekinamiz!
Zarur masalliqlar: 750 gr. go`sht qiymasi, 500 gr. mol go`shti (suyaksiz), 250 ml. sut, 250 ml. sho`rva yoki suv, 150 gr. pishloq, 8-10 ta salat bargi, 1 dona tuxum, 1 bo`lak oq non, 1 bosh piyoz, 3 osh qoshiqdan sariyog` va un, 1 choy qoshiq dolchin, tuz. Tayyorlanishi: 1. Nonni iviting, piyozni maydalab to`g`rang. 2. Salat bargini tuzli suvda 5-7 daqiqa qaynatib, keyin sovuq suvda chayib oling. Suvini yaxshilab silqitishni unutmang. 3. Go`sht qiymasiga piyoz, ivitilgan non, tuxum, tuz, murch, maydalangan ko`katlar, dolchinni qo`shib, yaxshilab aralashtiring. Keyin yog`langan qolipga solib, qiymani «buxanka» non ko`rinishiga keltiring. 4. Go`sht ustidan karam yaproqlarini o`rang. Go`shtni yupqalab uzunasiga kesing-da, uni karam ustidan joylashtiring. O`ramani 150-175 darajada qizdirilgan gaz pechiga 45 daqiqaga qo`ying. 5. Sous tayyorlash uchun o`simlik yog`ini qizdirib, un, sut va sho`rvani solib, 5 daqiqa qaynating. So`ngra qirg`ichdan o`tkazilgan pishloqni qo`shib, tuz, murch seping. [b]6. [/b]O`ramani tayyor bo`lgach, sousni soling-da, yana 20 daqiqada gaz pechida qoldiring. Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 30 daqiqa. 5 kishilik. | |
| |
Просмотров: 2241 | |
Всего комментариев: 0 | |