Hordiq oshxonasi: «Bounty» torti
Kerakli masalliqlar (xamir uchun):
250 g margarin,
200 grammdan un va shakar, 2 choy qoshiq xamir yumshatgich, 4 dona tuxum, 4 osh qoshiq sut, 3 osh qoshiq kakao.
Ichiga solish uchun: 500 ml sut, 6 osh qoshiq bug'doy yormasi (manniy yormasi), 200 grammdan sariyog', shakar va kokos qirindisi.
Glazur uchun: 200 g sutli shokolad.
Tayyorlanishi:
1. Margarinni xona haroratida yumshatib, xamir uchun ajratilgan barcha masalliqlarni solib, aralashtiring. Aylana shaklidagi qolipga xamirni solib, 175 darajada qizdirilgan gaz pechiga 50 daqiqaga qo'ying. Korj pishgach, biroz sovitib, eniga o'rtasidan ikki bo'lakka bo'ling.
2. Sutni qaynatib, bug'doy yormasini 1 osh qoshiqdan solib, aralashatirib turgan holda 5 daqiqa qaynating.
3. Sariyog'ni shakar bilan birga mikser yordamida ko'pirtiring.
4. Bo'tqani kokos qirindisi, shakarli sariyog' bilan arashlashtiring. Korj o'rtasiga kremdan surtib, ikkalasini bir-biriga yopishtiring. Yuziga esa qolgan krem va shokoladni suv bug'ida eritib, surting. Shokolad qotguncha tortni muzlatkichda qoldiring.
Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (25.12.2017)
Просмотров: 1928 | Теги: torti, Bounty, oshxonasi, Hordiq | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0