Tuxumli «ROLL» (ruletchalar
Kerakli mahsulotlar:
4ta tuxum
Turli xil ko'katlar
Pishloq
Oq va qora non
Sariyog'
Qizil ikra

tuxumli-ruletchalar Tayyorlanshi: 4 ta tuxumga ozgina tuz va bir oshqoshiq un solib yaxshilab aralashtiramiz. Keyin xohlagan ko'katlardan maydalab solamiz( kashnich, ko'kpiyoz, ukrop). 2 ga bo'lib har birini alohida quymoq qilib pishirib olamiz va issiqligida qirg'ichdan o'tkazilgan sir( pishloq) sepamiz va rulet qilib o'raymiz. Keyin 1-2 soniyaga mikrovolnovkaga qo'yamiz. Keyin bir xil bo'laklarga bo'lamiz. Oq va qora non bo'laklaridan ruletchalarning hajmiga mos doirachalar qirqib olamiz va har biriga ozgina sariyog' surib, yupqa pishloq bo'lagini qo'yamiz va ustiga ruletchalarni o'rnatamiz va yana 1-2 lahzaga mikrovolnovkaga qo'yamiz. Dasturhonga tortishdan avval har bir ruletcha ustiga kichkina qoshiqchada qizil ikra solib chiqamiz.
Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (20.12.2017)
Просмотров: 1757 | Теги: Tuxumli «ROLL» (ruletchalar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0