Bananli tort
Zarur masalliqlar: 2 ta tayyor biskvit korji (bittasi balandroq bo’lishi kerak), 1 l. sut, 300 gr. shakar, 250 ml. olcha murabbosi,250 gr. sariyog’, 6-8 ta banan, 1 o’ram vanilinli shakar, 5 osh qoshiqdan kraxmal va un.

Tayyorlanishi: 1. Sut, shakar, vanilinli shakar va unni aralashtirib olovga qo’ying. Briozdan so’ng kraxmalni solasiz. To qaynab chiqquncha aralashtirib turing. Bo’tqa ko’rinishiga kelgach, olovdan olasiz.

2. Kremni yana uch daqiqa aralashtiring. Sovugach, xona haroratida eritilgan sariyog’ni qo’shing-da, yana yaxshilab aralashtiring.

3. Bitta korjning ichini biroz o’ying. So’ngra olcha murabbosini soling. Kremdan ozgina solib, ustini tekislang.

4. Bananlarni tozalab, 4 tasini butunligicha, 4 tasini esa bo’laklarga bo’lib, krem ustidan joylashtiring. Yana krem surtib, ikkinchi korjni qo’ying.

5. Korj bo’laklarini ezib, tort yuziga krem surting-da, soling. 6 soatga muzlatkichga qo’ying.

Tayyorlanish vaqti: 45 daqiqa. 8 kishilik
Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (20.12.2017)
Просмотров: 1354 | Теги: Bananli tort | Рейтинг: 1.0/3
Всего комментариев: 0