Olchali tort
Masalliqlar: 200 g olcha, 600 g smetana, 200 g sariyog', 3 stakan un, 600 g olcha, 120 g qand upasi, ta'bga ko'ra vanilin, 1 choy qoshiq iste'mol sodasi, ta'bga ko'ra shakar, 50 g kokos qirindisi.

Tayyorlanishi: sariyog' smetana bilan aralashtiriladi. Aralashmaga ketma-ketlikda un, soda qo'shiladi. Hosil bo'lgan xamir paketga o'ralib, 1 soat sovutkichga qo'yiladi. Bu vaqtda olcha tayyorlab olinadi. Olcha yoki olcha murabbosini olsa ham bo'ladi. Mevani biroz ezib olgan ma'qul. Tingan xamir 16 bo'lakka bo'linadi. Har bir bo'lak yupqa yoyilib, o'rtasiga olcha qo'yiladi va shakar sepiladi. Har 4 ta yoyilgan xamir shu tarzda ustma-ust qo'yilib, olcha va shakar bilan taxlab chetlari chimdib chiqiladi.

Har 4 qavatli yarim tayyor shirinlik aylana pishiriq qolipiga joylanadi. Qolgan 12 bo'lak xamirdan ham shu tariqa 4 dona shirinlik tayyorlanadi. Ularning har biri 20 daqiqadan qizigan gaz pechida pishirib olinadi. Pishib chiqqan shirinlik sovitishga qo'yiladi.

Shirinlik sovigunga qadar krem tayyorlab olinadi. Buning uchun qand upasi smetana bilan aralashtiriladi. Sovigan shirinliklarga krem surtiladi va ustma-ust taxlanadi. So'ngra 1 soatga sovutkichga qo'yiladi.

Dasturxonga tortishdan oldin tort kokos va shokolad qirindisi bilan bezatiladi.
Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (20.12.2017)
Просмотров: 1265 | Теги: Olchali tort | Рейтинг: 1.5/16
Всего комментариев: 0