Tarvuzli tort
Masalliqlar: 1 stakan qaymoq, 1 dona tarvuz, 1-2 choy qoshiq vanilin, 1 stakan qand upasi, 1 stakan maydalangan bodom, 1 stakan o'zingiz xohlagan mevalardan.

Tayyorlanishi:

1. Tarvuzga tort shaklini berib, po'stidan tozalang.

2. Qaymoqni mikser yordamida ko'pirtiring. Vanilin va shakar kukunini qo'shing. Keyin esa quyuq ko'pik hosil bo'lguncha ko'pirtirishda davom eting.

3. Avval tayyorlab qo'yilgan tarvuzga ko'pirtirilgan qaymoqni surtib chiqing. Uning chetlariga bodom seping. Ustiga esa o'zingiz istagan mevalarni joylashtiring. 20-30 daqiqa sovutkichga qo'yganingizdan so'ng desertni dasturxonga tortishingiz mumkin!
Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (20.12.2017)
Просмотров: 1246 | Теги: Tarvuzli tort | Рейтинг: 2.0/4
Всего комментариев: 0