«Olchazor» keksi - yozni sog`inganlar uchun!
Zarur masalliqlar: 250 gr. un, 200 gr. shakar, 150 ml. o`simlik yog`i, 150 ml. suv ,4 dona tuxum, 1 stakan olcha murabbosi, 12 gr. xamiryumshatgich, qand upasi.

Tayyorlanishi: 1. Tuxumning oqini sarig`idan ajrating-da, yaxshilab ko`pirtiring. Sarig`ini esa shakar bilan ko`pirtiring. So`ngra suv va o`simlik yog`i qo`shing. Endi xamiryumshatgich va un solasiz-da, yaxshilab aralashtirasiz. Keyin ko`pirtirilgan tuxum oqini qo`shing.

2. Keks qolipini margarin bilan yog`lab, un sepib, xamirning yarmini soling. Olcha murabbosi mevalarini sharbatidan ajratib, soling. Endi qolgan xamirni quyib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 50-60 daqiqaga qo`ying. Pishgach, yuziga qand upasi seping.

Tayyorlanish vaqti: 2 soat

8 kishilik
Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (06.03.2017)
Просмотров: 1475 | Рейтинг: 3.7/3
Всего комментариев: 0