Mazali teftel tayyorlash sirlari
Xushbo`y, shirali, qaylada dimlangan guruch va go`shtli sharchalar har kimning ishtahasini qitiqlovchi taom, shundaymi? Endi ularni yanada totli qilib tayyorlash mumkin. Buning yo`li oson.

1. Teftellarni faqatgina o`simlik yog`ida qovurib oling, aslo zaytun moyi, margarin, sariyog` yoki dumba yog`ida emas. Qizigan zaytun moyida qovurilgan teftellar bemaza chiqadi.

2. Teftellarni yasash oson bo`lishi uchun unga 1 dona tuxum yoki yorma soling.

3. Mol go`shti+tovuq go`shti yoki qo`y go`shti+mol go`shtini aralashtirib tayyorlangan teftellar mazaliroq chiqadi.

4. Agar teftellarni gaz pechida pishirishga qaror qilgan bo`lsangiz, qayla tayyorlashda bor fantaziyangizni ishga soling. Sabzavotlar, qaymoq, qirg`ichdan o`tkazilgan pomidor va unni aralashtirib qayla tayyorlang. Teftelning mazasi ko`p jihatdan qaylaga bog`liq.

5. Qovurilgan teftellar ustiga darrov qayla quymang. Avval uning o`zini 5-10 daqiqa dimlang, so`ng qaylani solasiz.

6. Qayla teftellarni qoplasin, shunda ular shirali va xushbo`y bo`lib pishadi, quruq bo`lib qolmaydi.

7. Teftelga solinadigan guruchning shirasi qancha kam bo`lsa, shuncha kaloriyasi kam bo`ladi. Buning uchun guruchni avval sovuq suvda bir necha marta yuving, so`ng ko`p miqdorda suv solib qaynating. Qaynab chiqqach ustidagi ko`pikni olishni unutmang. Guruch kattalashgach, olovni o`chirib, 10 daqiqaga qoldiring. So`ng guruchni suzib oling-da, shirasi ketishi uchun muzday suvda chaying.

8. Teftellarni dimlash uchun qozonga solayotganda ular orasida masofa qoldiring, axir pishish jarayonida shishi bor. Tayyor teftellarni darrov eyishga shoshilmang. Olov o`chirilgandan so`ng xech bo`lmasa 1 soat qaylani singdirib tursin, bunday usul teftel ta`mini yana ham yaxshilaydi.
Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (06.03.2017)
Просмотров: 2416 | Рейтинг: 2.4/18
Всего комментариев: 0