Shirin toblama - olma va olxo`ri bilan yanada mazali!
Zarur masalliqlar: 600 gr. yog`li tvorog, 150 ml. yog`li qaymoq, 150 ml. quyiltirilgan sut, 80 gr. vanilin, muzlatilgan 10 ta olxo`ri, 3 dona tuxum, 2 dona olma, 2 osh qoshiq bug`doy yormasi (manniy yormasi). Tayyorlanishi: 1. Tvorogni qoshiq bilan yaxshilab ezib, tuxum va qaymoq qo`shing-da, aralashtiring. 2. Tvorogga quyiltirilgan sut soling. Olxo`rilarni maydalab to`g`rab, bug`doy yormasi bilan birga soling. 3. Yog`langan yoki qog`oz solingan aylana qolipga aralashmani soling. 4. Olmalarni yarim oy shaklida o`rtacha kattalikda to`g`rab, toblama yuzini bezab chiqing. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqada pishadi. Tayyorlanish vaqti: 50 daqiqa. 6 kishilik. | |
| |
Просмотров: 1298 | |
Всего комментариев: 0 | |