«Marvarid» pirojniysi - qiyomli krem tayyorlashni o`rganamiz!
Zarur masalliqlar: 100 grammdan sariyog` va shakar, 3 dona tuxum, 200 grammdan smetana va un, 3 osh qoshiq kakao kukuni, 2 choy qoshiq yumshatgich (razrxlitel); krem uchun: 100 gr. sariyog`, 150 gr. shakar, 100 ml smetana, yarim choy qoshiq vanilin.

Tayyorlanishi: 1. Xona haroratida eritilgan sariyog`ga shakar va tuxumni qo`shib, aralashtiring. Smetana va kakao kukuni qo`shib, aralashtirishni davom eting. Yumshatgichni un bilan aralashtirib, asosiy masalliqqa qo`shing-da, quyuqroq xamir tayyorlang.

2. Pishiriq qolipchalariga o`simlik yog`idan surtib, xamirdan qo`ying. Keks 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 25-30 daqiqa davomida pishiriladi.

3. Krem tayyorlash uchun sariyog`ni eritib, shakar, smetana va vanilin bilan aralashtiring. Quyuqroq ko`rinishga kelishi uchun 15-20 daqiqaga muzlatgichga quying.

4. Pishgan kekslarni sovutib, ustini krem bilan bezating. Dasturxonga achchiq damlangan qaіva bilan birga tortish mumkin.

Tayyorlash vaqti: 30 daqiqa.
Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (01.03.2017)
Просмотров: 1407 | Рейтинг: 1.7/3
Всего комментариев: 0