Issiqqina “Biskotti”- nonushtaga mazali taom
Zarur masalliqlar: 2 st. un, 50 gr. sariyog`, yarim st. shakar, 2 osh qoshiq xamiryumshatgich, 1 choy qoshiq koriandr ziravori, 1 ta limon qirindisi, yarim stakandan tozalangan bodom va pista.

Tayyorlash: 1). Xona haroratida erigan sariyog`ni shakar bilan ko`pirtiring. So`ng un, koriandr, limon qirindisi, tuxum va xamiryumshatgichdan qo`shib, aralashtirasiz.

2). Xamirga tozalangan yong`oqlardan qo`shib yana aralashtiring. Masalliqni pishiriq qog`ozi solingan qolipga solib, qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa pishirib oling.

3). Tayyor bo`lgach, ta`bga ko`ra, pishiriq yuzasiga asal surtib, non o`rnida iste`mol qilish mumkin.

Tayyorlash vaqti: 30 daqiqa.
Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (01.03.2017)
Просмотров: 1535 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0