Qovurilgan baliq - yangicha usulda tayyorlaymiz!
Zarur masalliqlar: 450-500 gr. suyaksiz baliq go`shti, yarim bog` kashnich ko`kati, 2 osh qoshiq zaytun yog`i, 4 osh qoshiq bodom mag`zi, yarimta piyoz, 1 osh qoshiq limon sharbati, 2 bo`lak sarimsoq piyoz, yarim bog` selderey ko`kati, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Bodom mag`zini 10 daqiqa qaynagan suvga solib qo`ying. So`ng suvidan ajratib, Har bir mag`izning po`stini arching.

2. Blenderga archilgan bodom mag`zi, maydalangan piyoz va sarimsoq piyoz, zaytun yog`i, kashnich, selderey hamda limon sharbatini solib, ezg`ilang.

3. Katta bo`laklarga ajratilgan baliq go`shtini tuz va murch bilan marinadlab, pichoq yordamida har tarafidan chuqur bo`lmagan kesimlar hosil qiling. So`ng o`simlik yog`i solingan tovada ikki tarafini qizartirib qovuring.

4. Pishgan baliq go`shtini likopchaga solib, ustidan sousni tekislab quying va pomidor-bodring bo`laklari bilan dasturxonga tortishingiz mumkin.

Tayyorlanish vaqti: 35 daqiqa.
Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (01.03.2017)
Просмотров: 1706 | Рейтинг: 1.4/5
Всего комментариев: 0