Go`shtli “Brivak” - bu ham yangi resept!
Zarur masalliqlar: 2 ta tayyor lavash xamiri, 250 gr. mol go`shti qiymasi, bitta piyoz, 250 gr. sariyog`, 3 dona tuxum, 100 gr. qattiq pishloq, 2 choy qoshiq o`simlik yog`i, bir bog` kashnich, bir chimdim zanjabil kukuni, murch, tuz.

Tayyorlash:
1). Mayda to`g`ralgan piyozni o`simlik yog`i solingan tovada qizartirib oling. So`ng go`sht qiymasini solib, taxminan 15 daqiqa qovuring.

2). Qiymaga mayda to`g`ralgan kashnich, tuz, zanjabil hamda murch qo`shing-da, yarim piyola suv solib, 10 daqiqaga dimlab qo`ying. So`ng atalangan tuxumni qo`shib, yana 15 daqiqa ushlang. “Nachinka”ni alohida idishga olib, sanchqida maydalang.

3). Lavash xamirini bir necha katta bo`laklarga bo`lib, har birining ichiga eritilgan sariyog` surting. So`ng “nachinka”dan solib, blinchik shaklida o`rang.

4). Tayyor egulikni gaz pechi patnisiga terib, ustidan qolgan sariyog`ni surtib chiqing va 25 daqiqa qizdirilgan gaz pechida ushlang. Pishib chiqqach, issiqligida ustidan qirg`ichdan chiqarilgan pishloq sepishni unutmang!

Tayyorlash vaqti:
30 daqiqa.
Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (01.03.2017)
Просмотров: 1349 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0