Tok do'lma
Kerakli masalliqlar: 1. Qiyma - 0.5 kg. 2. Piyoz - 4-5 dona. 3. Guruch - 0,5 kg. 4. Kartoshka - 5-6 dona. 5. Sabzi - 1-2 dona. 6. Sarimsoq piyoz - 1 bog' 7. Tok bargi. 8. Ziravorlar. 9. Tomat pastasi. Tayyorlanishi: Guruch tozalanib, yuviladi. Piyozning 3 dan 2 qismi mayda to'g'raladi. Qiyma go'sh, guruch, to'g'ralgan piyoz, ziravorlar qo'shib qiyma qilamiz. ![]() ![]() Agar tok barglari tuzlangan (konservalangan) bo'lsa, muzdek suvda yaxshilab yuviladi. Barra (yangi) tok barglari bo'lsa, issiq suvga yumshagunicha solinadi. Barglarni teskari tomoniga qiyma qo'yib tugiladi. ![]() Qozonga yog' solib qizdiriladi va piyoz solinadi. Piyoz novvotrang tusga kirgunicha qovuriladi. So'ng, kartoshka va sabzi solinib, biroz qovuriladi. ![]() Qovurilayotgan massaga tomat pasta, sarimsoq piyoz, ziravorlar va tuz solib, yana 2-3 daqiqa qovuriladi. So'ng, 1 kosa suv solib, qozon tagi olovi pasaytiriladi. ![]() Tayyor o'ralgan toklar qaynab turgan massa ustiga terib chiqiladi. ![]() Qozon tagi olovi baland qilinib, toklar ko'milgunicha qaynagan suv solinadi. Sub qaynab chiqqach, olov o'rtacha pastlikka tushurilib, 10-15 daqiqa qaynatiladi. So'ng, olov palov damlanadigan pastlikka tushurilib, qozon qopqog'i yopiladi va 30 daqiqa dimlanadi. Yoqimli ishtaha! | |
| |
Просмотров: 2555 | | |
Всего комментариев: 0 | |