Qiyma kabob
Kerakli masalliqlar:

1. Go'sht (pashina) - 1 kg.
2. Piyoz - 250 gr.
3. Zira, kashnich urug'i - ta'bga qarab
4. Tuz

Tayyorlanishi:

Go'sht bo'laklarga bo'linadi va go'sht maydalagichdan artilgan piyoz bilan uch karra o'tkaziladi.


So'ng ziravorlar va tuz qo'shib, yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor qiyma muzlatkichga yarim kunga qo'yiladi.
Keyin qiyma muzlatkichdan olinib, sixlarga bir maromda joylanadi.

Qo'raga olov yoqilib, qizdiriladi. Bunda ko'mir, yaxshi qurigan o'tin yoki qurigan jo'xori so'tasini ishlatish mumkin. Olov o'chib, qurada cho'g' bo'lgach, kaboblar pishiriladi.

Tayyor bo'lgan kaboblar likopchada to'g'ralgan piyoz bilan birga dasturxonga tortiladi.
Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (21.02.2017)
Просмотров: 2284 | Теги: kabob, Qiyma | Рейтинг: 2.5/11
Всего комментариев: 0