Guruchli tovuq sho'rva
Kerakli masalliqlar:

1. Butun tovuq - 1 dona

2. Guruch - 0,5 kg.

3. Piyoz - 1 dona

4. Sarimsoq piyoz - 3-4 bo'lakcha

5. Ko'katlar

6. Ziravorlar



Tayyorlanishi:

Tovuq go'shti qozonga solinib qaynatiladi. Qaynab chiqqanidan so'ng ko'pigi olinadi. Olov osh damlanadigan pastlikda pasaytirilib, qozon qopqog'i yopiladi. Va shu holatda 3 soat qaynaydi.

Guruch pishiriladigan qozon (kashavarka)da pishirib olinadi.

Piyoz va ko'katlar (kashnich, ko'k piez) to'g'raladi. Sarimsoq piyoz yanchiladi.

Ziravorlardan yanchilgan kashnich urug'i, yanchilgan qizil qalampir, tuz, xitoy tuzi, kunjut.



Tanovul qilish qoidasi:

Dasturxonga barcha ko'katlar, ziravorlar, guruch qo'yiladi. Kosaga ma'lum miqdorda tovuq go'shti va sho'rva solinadi. Tanovul qilishdan oldin, ko'kat va ziravorlar ta'bingizga qarab solinadi.

Yoqimli ishtaha!
Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (21.02.2017)
Просмотров: 1611 | Теги: sho'rva, Guruchli, tovuq | Рейтинг: 2.3/27
Всего комментариев: 0