"Viskodi" shirinligi
Kerakli masalliqlar:

1. Un - 3 stakan.
2. Margarin - 350 gr.
3. Smetana - 200 gr.
4. Shakar - 1 piyola
5. Tuxum - 5 ta
6. Yong'oq - 1 stakan.
7. Qaynatilgan sut (varennyy iris) - 1 banka.
8. Razryxlitel - 1 pachka.

Tayyorlanishi:


Un bilan 300 gr. margarin uqalanadi. Smetanaga razryxlitel, 5ta tuxum sarig'i solib, unli massaga qo'shib xamir qoriladi. Xamir 3 zuvalaga bo'linib, 30 daqiqa tindiriladi. 5 ta tuxum oqi 1 piyola shakar bilan bize qilinadi.


Birinchi zuvala yoyilib, ustiga bize surtib, maydalangan yong'oq sepiladi. Va duxovkada qizargunicha pishiriladi. Qolgan zuvalalar ham shunday pishiriladi.
50 gr. margarin 1 banka iris bilan mikser yordamida aralashtirilib, krem holiga keltiriladi. Pishgan zuvalalar orasiga krem surtib, yopishtiriladi. Shu kremdan pishiriq ustiga bezak beriladi.

Yoqimli ishtaha!
Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (21.02.2017)
Просмотров: 1583 | Теги: shirinligi, Viskodi | Рейтинг: 4.6/28
Всего комментариев: 0