Bo'g'irsoq
Kerakli masalliqlar:

1. Un - 1 kg.
2. Omuxta yog'i - 1 piyola
3. Sho'r suv - 1 kosa

Tayyorlanishi:

Un o'rtasi ochilib, yog' solinadi. So'ngra kosadagi sho'r suv solinib, xamir qoriladi. Xamir bo'laklarga bo'linib, zuvala holida tindiriladi.

Tingan zuvalalarni uzun tesma holiga keltirib, bir barmoq qalinligida kesib chiqiladi.

Kesilgan bo'lakchalarni uzunasiga qirg'ichga qo'yib, ko'rsatkich barmoq yordamida shakl beriladi.

So'ng, bo'g'irsoqchalar yog'da, o'rta olovda qizargunicha pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (21.02.2017)
Просмотров: 2792 | Рейтинг: 2.5/8
Всего комментариев: 0