"Margaritka" shirinligi
Kerakli masalliqlar:

1. Un - 3-4 stakan
2. Tuxum - 3 dona
3. Margarin - 250 gr.
4. Smetana - 200 gr.
5. Shakar - 1 piyola
6. Kokos kukuni - 100 gr.
7. Maydalangan yong'oq - 1 stakan
8. Magiz - 1 stakan
9. Qavartma (razryxlitel) - 1 quti
10. Choy sodasi - 1 choy qoshiq.
11. Quyultirilgan sut (sgushyonka) - 0,5 piyola


Tayyorlanishi:

Un idishga solinib, qavartma bilan aralashtiriladi. Unga uy haroratida yumshagan margarin qo'shilib, uqalanadi. Tuxum sarig'i (oqidan ajratilinib) unga solinadi. Smetana va choy sodasi aralashtirilib, unga qo'shilib, xamir qoriladi. Xamir qo'lga yopishmaydigan yumshoq bo'lgunicha un qo'shiladi. Tayyor xamir 4-5 zuvalaga bo'linib, tindiriladi.

Har bir tingan zuvala alohida yoyilib, ustiga shakar bilan ko'pirtirilgan tuxum oqi surtilib, ustiga yong'oq va magiz sepiladi. Hohishga qarab magizni o'rniga mak sepish mumkin yoki umuman magiz ishlatmaslik mumkin.

So'ng u rulet qilib o'raladi.

Rulet o'rtacha kattalikda kesiladi. Va duxovka listiga terilib, usti qizargunicha duxovkada pishiriladi.

Pishgan pishiriqlar ustiga quyultirilgan sut surtib, kokos kukuniga botirib olinadi. Kokos kukuni o'rniga maydalangan yong'oq ishlatsa ham bo'ladi.

Yoqimli ishtaha!
Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (21.02.2017)
Просмотров: 2106 | Теги: shirinligi, Margaritka | Рейтинг: 5.0/5
Всего комментариев: 0